Yurtimizda barcha sport turlari bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar ko‘lami juda katta.
Qozog‘istonda taekvondo WT bo‘yicha “Kostanay Open” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan 900 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Quvonarlisi, musobaqa yakunida o‘zbekistonlik taekvondochilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada yosh sportchilarimiz o‘z toifalarida kadetlar 13 ta oltin, 7 ta kumush, o‘smirlar 8 ta oltin, 7 ta kumush, 6 ta bronzaga ega bo‘lishdi.
N.Rahmonova, O‘zA