III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali ishtirokchilari viloyatning Yetti Pir ziyoratgohlari bo‘ylab ziyorat amallarini o‘tadi.

“Naqshbandiya” tariqati namoyondalaridan iborat delegatsiya ko‘hna va boqiy Buxorodagi Poyi Kalon ansambli, Mir Arab madrasasi, Savdo toqlari, Labi Hovuz kabi madaniy meros ob’ektlarini tomosha qildi.

– Bangladeshda Naqshbandiya tariqati muxlislari 1 milliondan ortiq kishini tashkil etadi, – deydi bangladeshlik sayyoh Shibli Fhmad. – Ular Buxoroga Naqshband yurtiga kelishni orzu qiladi. Ammo muammo shundaki to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q. O‘ylaymanki, bu kabi reyslar yo‘lga qo‘yilsa, Bangladeshdan keladigan turistlar oqimi ko‘payadi.

Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali doirasida “Bahouddin Naqshband o‘gitlari” konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Unda dunyo davlatlaridan tashrif buyurgan din va fan vakillari, olimu ulamolar hamda viloyatimizning imom-xatiblari qatnashmoqda.


Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA