Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi, respublikachi Maykl Makkol Davlat departamentidan qonunchilarga 2021 yilda Afg‘oniston qo‘shinlar olib chiqilishiga oid hujjatlarni taqdim etishni so‘radi. Bu haqda “CNN” xabar berdi.
Makkol davlat departamentiga 26 yanvargacha so‘rovga javob berish imkoniyatini bergan va javob bo‘lmasa, sudga murojaat qilish bilan tahdid qilgan.
Davlat departamenti Bosh kotibi Entoni Blinkenga murojaatida Makkol Prezident Jo Bayden davrida Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish mavzusi muhokama qilingan barcha idoralararo uchrashuvlar ro‘yxatini taqdim etishni so‘ragan.
Shuningdek, u AQSH vakillarining 2021 yil yanvaridan beri “Tolibon” harakati a’zolari bilan barcha muzokaralari haqida ma’lumot berishni talab qilgan.
O‘zA