Fransiya hukumati 2030 yilga qadar pensiya yoshini ikki yilga oshirib, 64 yoshga yetkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda dw.com sayti xabar berdi.

Mamlakat bosh vaziri Elizabet Born mazkur rejani e’lon qilar ekan, islohotdan maqsad 2030 yilgacha muvozanatli pensiya tizimini ta’minlash ekanini ta’kidlagan.

Hukumat hisob-kitobiga ko‘ra, o‘sha vaqtda Fransiya pensiya jamg‘armasida mablag‘ yetishmasligi 20 milliard yevroni tashkil qiladi.

Pensiya yoshini oshirish bilan bir qatorda, xodimlarning pensiya jamg‘armasiga pul o‘tkazishning eng kam muddati 43 yilgacha oshirilgan. Eng kam pensiya miqdori oyiga bir ming ikki yuz yevroga yetishi aytilmoqda.

“Kazinform” axborot berishicha, hukumatning mazkur qarori kasaba uyushmalari tomonidan qattiq tanqid qilingan. Bunday harakat barcha fransuz ishchilari uchun jiddiy zarba bo‘ladi, deya ogohlantirish berilgan.

 

O‘zA