Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Ta’kidlanganidek, bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi. Unga ko‘ra, 2023 yilda to‘qimachilik loyihalariga qo‘shimcha 300 million dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xomashyo bo‘yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi.

Bugun imzolangan yana bir muhim qaror bilan zargar tadbirkorlarga xomashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari berilmoqda.

Bu orqali ushbu tarmoqlarda 2,6 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirib, qo‘shimcha 4,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.

O‘zA