Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Qayd etilganidek, 2023 yildan boshlab iqtisodiy rivojlanishi orqada bo‘lgan 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanga 27 ta turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferensiyalar berildi.
–Bu imkoniyatdan viloyat, tuman hokimlari, investitsiya va sanoat bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari foydalanishlari kerak, – dedi Prezidentimiz.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga hokimlar o‘rinbosarlari bilan birga:
– bir oy muddatda 60 ta tumandagi sanoat loyihalariga investitsiya jalb qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlab, ijrosini boshlash;
– yil yakuniga qadar har bir tuman bo‘yicha kamida 5 tadan sanoat loyihasini ishga tushirib, ular toifasini yaxshilash topshirildi.
O‘zA