Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

– Navoiy, Buxoro Toshkent viloyati va Samarqandda sanoatdagi o‘sish menga ma’qul emas, – dedi Prezidentimiz.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan.

Umuman, 20 ta tuman va shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2021 yilga nisbatan kamaygan.

Farmatsevtikada ishlab chiqarish 6 foizga kamaygan, import 2 milliard dollarga yaqinlashdi.

Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot eksporti bor-yo‘g‘i 68 million dollarni tashkil etib, bu tarmoq salohiyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Oziq-ovqat sanoatida o‘tgan yilda ishlab chiqarish hajmi atigi 4,5 foizga o‘sgan. Xorazm, Sirdaryo va Qashqadaryoda qayta ishlash quvvatlari pastligicha qolmoqda.

O‘zA