Bu haqida “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Tatyana Moskalkova OAVga 12-14 yanvar kunlari Turkiyada ukrainalik hamkasbi Dmitriy Lubinets bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiyada yirik forum bo‘lib o‘tadi va unda ko‘plab mamlakatlardan ombudsmanlar ishtirok etadi.

Moskalkovaning so‘zlariga ko‘ra, u ukrainalik hamkasbi bilan “uchrashuv va taxminiy kun tartibi haqida gapirgan”.

Avvalroq Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubinets ham yaqin orada rossiyalik hamkasbi Tatyana Moskalkova bilan Turkiyada uchrashishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

 

O‘zA