Yon qo‘shni – jon qo‘shni

“Qozog‘iston ilm-faniga davlat yordami kerak”. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Altay Kulginov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kazinform” muxbiri.

– Ilmiy jamoa, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va ustozlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Biz raqamlashtirish, o‘qituvchilarimizning malakasini oshirish, kelajakda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘g‘ri prognozlash, zarur bo‘lgan yangi mutaxassisliklar haqida qaror qabul qilinadigan rejalarni muhokama qildik. Raqobatbardosh bo‘lish uchun juda ko‘p ishlashimiz kerak. Eng muhimi, ushbu ilmiy tadqiqotlar amaliy qo‘llanilishiga sharoit yaratishimiz kerak. Davlatimiz rahbarining aniq ko‘rsatmalari ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan, dedi Altay Kulginov.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, eng muhim vazifa qozog‘istonliklarning fanga ko‘proq kelishi bo‘lib qolmoqda.

“Davlat mablag‘lari ajratilmoqda, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining maoshlari oshirilmoqda, ilmiy izlanishlar, startap loyihalar uchun grantlar ajratilmoqda. Biz biznes va ilm-fan muvofiqlashtirilgan tarzda hamkorlik qilishni istaymiz”, dedi u.

Navbatdagi muhim masala, Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yoshlar zamonaviy bilim olishlari zarur.

– Oliy o‘quv yurtlarining zamonaviy laboratoriyalar, yangilangan kutubxonalar bilan ta’minlanishi, professor-o‘qituvchilarning malakasini muntazam oshirib borishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 20 ta oliy o‘quv yurti negizida akademik ta’lim markazlarini tashkil etish bo‘yicha puxta ishlarni amalga oshirish zarur. Bu ishlar 2021 yilda boshlanganiga qaramay, biz haligacha real natijalarni ko‘rmayapmiz. Chunki vazirlik oliy o‘quv yurtlari bilan tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida bajarmagan. Biz uni yaxshilashimiz kerak, dedi.


Muharrama Pirmatova, O‘zA