Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi.

Tadbirda  Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Murojaatnoma o‘ndan ortiq telekanal orqali jonli efirda, shuningdek, Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn yoritib boriladi.

Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea bo‘lgan ushbu tadbir 2017 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Unda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi. Shu bois xalqimiz bu tadbirni katta qiziqish bilan kutadi.

 

O‘zA muxbiri  

A’lo ABDULLAEV  

olgan suratlar.