Yangi Zelandiya Ukrainaga gumanitar yordam sifatida 1,9 million dollar ajratadi, dedi tashqi ishlar vaziri Nanaia Mahuta.

“Yangi Zelandiya Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi orqali doimiy yordam doirasida asosiy gumanitar ehtiyoj nuqtai nazaridan ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 3 million dollar (YAZD) beradi. Bunga tibbiyot anjomi va jihozlari, elektr ta’minotidagi uzilishni bartaraf etish uchun transformator va generator, shuningdek, oziq-ovqat, suv, sanitariya va gigiyena vositalari kabi nochor oilalar uchun qishda zarur bo‘lgan mahsulotlar kiradi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Yangi Zelandiya qator G‘arb davlatlari qatori Rossiya bilan ziddiyatda Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Hukumat Rossiya va Belarusdagi 1200 dan ortiq shaxs va tashkilotga qarshi sanksiya joriy qildi. Noyabr oyida ushbu Okeaniya davlati Ukraina askarlarini tayyorlash uchun 66 nafar harbiy xizmatchisining Buyuk Britaniyada qolish muddatini 2023 yil o‘rtasiga qadar uzaytirdi.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib bergani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlab, NATO Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, dedi. RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yaroq yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokarasi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi, aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatishini urg‘uladi.

O‘zA