Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Bugun Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Qozog‘iston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

“Ikki davlat rahbarining uchrashuvidan tashqari, yetakchilar videokonferensaloqa shaklida Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadilar”, deyiladi xabarda.

Toqayev uchun bu davlat rahbari lavozimiga kirishganidan keyingi ilk xorijiy safari.

20 noyabr kuni u prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan edi.

29-30 noyabr kunlari Toqayev Fransiyaga rasmiy tashrif bilan boradi.

O‘zA