Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy polshalik hamkasbi Anjey Dudo bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Tomonlar Polsha sharqida sodir bo‘lgan portlash bilan bog‘liq voqealar xususida suhbatlashdilar.
“Men Polsha Prezidenti Dudo bilan telefonda gaplashdim. Biz bir-birimizdagi mavjud ma’lumotlar bilan almashdik. Faktlarga aniqlik kiritdik”, deb yozdi o‘z shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida Zelenskiy.
“CNN” telekanalining xabariga ko‘ra, Polsha havo hududida bo‘lgan NATO samolyoti raketalarning harakatini kuzatib turgan.
“Bu ma’lumotlar zudlik bilan NATO va Polshaga yetkazilgan”, deyiladi xabarda.
Raketalarning qayerdan va kim tomonidan uchirilgani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
O‘zA