Turkiya Prezidenti ma’muriyatining rasmiy vakili Faxrettin Altun dushanba kuni Anqarada Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Bernsning uchrashuvi bo‘lib o‘tganini tasdiqladi.

“Biz Rossiya va Amerika razvedka xizmatlari rahbarlarining Turkiya Milliy razvedka tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvi o‘tkazilganini tasdiqlaymiz. Unda xalqaro xavfsizlikka tahdidlar, jumladan, yadro qurolidan foydalanish ehtimoli bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi”, deb bayonot berdi Altun “NTV” telekanaliga bergan intervyusida.

Uchrashuv Turkiyaning maxsus xizmati qarorgohida o‘tganini aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Turkiya vositachiligida Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining avvalroq uchrashuvi bo‘lib o‘tgani, shuningdek, don bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida gapirib, bundan keyin ham tinchlik yo‘lida barcha tomonlar bilan muzokaralar tashkil etishda davom etadi”, deb qo‘shimcha qildi Altun.

 

 

O‘zA