Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etdi.

–Hammangiz guvohsiz, bugun shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Biz zamon talablaridan kelib chiqib, kelgusida sizlar bilan birgalikda Qoraqalpog‘istonda yana ko‘plab katta-katta ishlarni amalga oshiramiz.

Bu yangilanishlarni qoraqalpoq xalqi sezishi kerak. Eski usullar bilan Qoraqalpog‘istonda ishlab bo‘lmaydi.

Xudo xohlasa, hayotning har qanday sinov va mashaqqatlariga bardosh berib, ertangi kunga katta ishonch bilan yashayotgan mard va matonatli Qoraqalpog‘iston xalqining og‘irini yengil, mushkulini oson qilishga qaratilgan bu ezgu va xayrli ishlarni bundan keyin ham izchil davom ettiramiz, – dedi Prezident so‘zining yakunida.

 

O‘zA