Nukus shahridagi Yoshlar markazida yoshlarning xalqaro sertifikat olish imkoniyatini yanada yengillashtirish maqsadida “STARS International University” o‘quv o‘rnining yagona test markazi ochildi.

Endi qo‘shni respublikalardan ham sertifikatga ega bo‘lishni xohlovchilar imtihonda ishtirok etish uchun ushbu markazga kelib, test topshirishi mumkin bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonlik fuqarolar, ayniqsa, yoshlar uchun Nukus shahrining o‘zida Toefl ITP, Toefl IBT, SAT, GRE sertifikatlarga test topshirish va ushbu sertifikatlarning biriga erishish imkoniyati yaratildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri