Bugungi kunda aholini inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, bu orqali ularning sog‘ligini asrash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunga qaramasdan, mamlakatimiz chegarasidan hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan, shubhali chet el maxsulotlarini olib kirish holatlari, ming afsuski, uchrab turibdi. Xususan, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning qarorlariga asosan Davlat bojxona organlari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan olib qo‘yilgan 118 million so‘mlik jami 5 turdagi 547 ta alkogol, tamaki va boshqa mahsulotni yo‘q qilish belgilangan edi.

Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida belgilangan tovar-moddiy boyliklar tegishli idora xodimlari ishtirokida yo‘q qilinib, sud qarorlari ijrosi amalda ta’minlandi.

 Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri