“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

–Hamma sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyotda ham barcha masalalarni malakali kadrlar hal qiladi Bu borada buyuk olim Gippokratning: “Tabobat – barcha ilm va hunarlar ichida eng qiyini va sharaflisi”,  degan so‘zlari ayni haqiqatdir. Shu bois, bugun tibbiy ta’lim muassasalari sonini ko‘paytirish, ularda chuqur bilim va malakaga ega kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berayapmiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi besh yilda 6 ta yangi tibbiyot oliygohi tashkil etilib, ularning soni 14 taga yetkazildi, qabul kvotasi esa, 4 barobarga oshdi. Hududlarni malakali mutaxassislar bilan kafolatli ta’minlash maqsadida:

– viloyatlar buyurtmasiga asosan manzilli o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yildi;
– olis va chekka qishloqlarga ishga boradigan bitiruvchilar uchun, “Qishloq shifokori” dasturini amalga oshirish boshlandi.

Shuningdek, 1,5 ming nafar shifokorlar nufuzli xorijiy klinika va universitetlarda malakasini oshirdi.

O‘zA