OFK Prezidenti ham O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy web-sayti xabar berdi. 

OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa Xitoyning Chanchjou shahridagi Olimpiya sport markazida o‘tkazilgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ajoyib final uchrashuvida Vetnam terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib erishgan tarixiy g‘alabasi bilan tabrikladi.

OFK Prezidenti: “Osiyo futbol oilasi nomidan O‘zbekistonni muhim g‘alabasi va butun turnir davomida ko‘rsatgan o‘yini bilan chin yurakdan tabriklayman” dedi. “Shuningdek, tinmay mehnat qilgan delegatsiya rahbarlarini, ertangi yulduzlar avlodini rivojlantirish va ruhlantirish ishiga sadoqat bilan yondashayotgan O‘zbekiston futbol federatsiyasini ham tabriklayman”.

 

O’zA