Fotoreportaj: Askarlar yaqinlari bilan dildan suhbat qildi

Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri o‘rtasida “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” shiori ostida videomuloqot tashkil etildi.

Videomuloqotda har ikki hududda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar ota-onasi, yaqinlari va do‘stlari bilan onlayn muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

4.jpg

13.jpg
1.jpg
– Harbiylar oilasida tug‘ilganman, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askar Abdullo Saburov. – Milliy armiyamiz safida yigitlik burchini o‘tash sharafi menga ham nasib etganidan xursandman. Bugun yaqinlarim bilan dildan suhbat qildim, Prezidentimiz, ota-onam bildirgan ishonchni albatta oqlayman.

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA