Ayni paytda davom etayotgan Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘tgan asrning o‘ttizinchi-qirqinchi yillarida Yangiyo‘l shahridagi teatrda ko‘plab taniqli san’atkor va adiblar faoliyat ko‘rsatganini haqida alohida aytib o‘tdi.

– Ayrim sabablarga ko‘ra, mazkur ijodiy jamoa Muqimiy teatriga qo‘shib yuborilgan, – dedi nomzod Shavkat Mirziyoyev. – Shundan buyon Toshkent viloyatida bironta teatr mavjud emas. Voha ahlining ko‘p yillik orzusi bo‘lgan yangi teatrni ham tashkil etish vaqti keldi Nurafshon shahrida yangi teatr barpo etamiz.

Uchrashuvda Toshkent viloyati folklor an’analari, o‘ziga xos milliy ohanglari va boy san’ati bilan ham alohida ajralib turishi haqida ham fikr bildirildi. Xususan, lirik qo‘shiqchilik maktabining yirik vakili, qibraylik atoqli san’atkor, O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov nomini alohida esga olindi.

Atoqli xonandaning ijrochilik an’analarini davom ettirish maqsadida viloyat markazida Faxriddin Umarov nomidagi san’at ijod maktabini tashkil qilish borasida ham taklif berildi.

 

O‘zA