Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 oktyabr kuni Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Tadbirni nomzodning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva ochdi.

Ishonchli vakil keyingi yillarda Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari bilan mamlakatimizda, xususan, Toshkent viloyatida olib borilayotgan yirik ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ularning aholi farovonligini yanada oshirish va hudud rivoji yo‘lidagi ahamiyati haqida to‘xtaldi. Shu kunlarda viloyatda ham joriy yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga berildi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qilmoqda.

 

O‘zA