Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkent shahriga qaytib keldi.
Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi hamda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.