bugungi videoselektor yig‘ilishida yetim bolalarni oila muhitida tarbiyalash maqsadida 5-10 o‘rinli Oilaviy bolalar uylarini tashkil etayotgan yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.

Shunday fidoyi insonlardan biri, Urganch tumanida yashovchi Rahimaxon Durdiyeva Oilaviy bolalar uyi tashkil etib, 40 dan ortiq bolaning hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari videoselektor davomida Rahimaxon Durdiyevaning mehrga tashna bolalarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligini ibrat sifatida keltirib, unga minnatdorlik bildirdi.

– Bu opadan xabarim bor, eshitib juda xursand bo‘ldim. Oilaviy bolalar uyini o‘zi tashkil qilgan. Mingdan-ming rahmat, bu fidoyi ayolga. Qirqta bolaga ota-onalik qilayotgani uchun yana bir bor Rahimaxon opaga o‘z nomimdan minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu juda katta qahramonlik, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda Senat Raisi T.Norboyeva boshchiligidagi mutasaddilarga bir oy muddatda Oilaviy bolalar uylarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar paketini nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlash vazifasi topshirildi.

 

O‘zA