Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Sharapat Otemisov Qo‘ng‘irot tumanida “Qashi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashdi.

“Deputat mahallada – muammolar yechimi sari” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda tuman suv tarmoqlari bo‘limi, elektr tarmoqlaridan vakillar, mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda xalq vakili davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda, shu jumladan Orolbӯyida amalga oshirilayotgan islohotlar, deputat sifatida shu kunga qadar olib borgan ishlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

Bundan tashqari saylovchilarning muammo, taklif va fikrlari ham tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan muammolar asosan ichimlik suvi va bandlik masalasi ekanligi aniqlandi. Aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tartibda bartaraf qilingan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Vaqt talab etadigan o‘z yechimini kutib turgan ayrim murojaatlar tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalar yuborish orqali nazoratga olishga kelishib olindi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA