bugungi videoselektor yig‘ilishida qayd etilishicha, ikki oyda 815 ta yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha 4 mingdan ziyod oliy ma’lumot talab qiladigan kasblar optimallashtirilib, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur yangi kasblar bilan to‘ldiriladi.

1 sentyabrga qadar Toshkent shahrida 10 ta, viloyatlarda 1 tadan oliygohda o‘qitilayotgan fanlar mazmunan qayta ko‘rib chiqilib, ortiqcha takrorlanishlar qisqartiriladi.

Bo‘shagan dars soatlari hisobiga esa mutaxassislik fanlari ko‘paytirilishi hamda talabalarga mustaqil ilmiy izlanishi uchun imkoniyat yaratilishi kerak.

Shuningdek, 1 sentyabrga qadar har bir oliygohda talaba va ish beruvchilarni bir-biriga bog‘lovchi “karera markazlari”ni tashkil etiladi. Bunda, korxonalar vakillari har oyda kamida ikki marta oliygohlarga kelib, talabalarning seleksiya ishlari bilan shug‘ullanadi.

 

O‘zA