Yuridik klinika
Savol: Malaka oshirayotgan xodimning ish haqi saqlanib qolinadimi?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan buyurtmaga kiritilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o‘qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Ularning o‘quv yuklamasi esa boshqa a’zolar o‘rtasida taqsimlanishi belgilangan.
Shuningdek, ishdan ajralgan holda hududiy markazlarga malaka oshirishga boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.
Shunga ko‘ra, xodimning malaka oshirish kursida o‘qishi davomida o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Savolga «Madad» NNT mas’ul xodimi Ma’ruf Lukchayev javob berdi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘zA