O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Qo‘ng‘irot tumani Kengashi tashabbusi bilan nuroniylar uchun Mo‘ynoq tumaniga sayohat tashkil etildi.
Tadbir davomida nuroniy otaxon va onaxonlar tumandagi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ular «Orol dengizi» tarixi muzeyida hamda tumanning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi. Ayniqsa, muzeydagi tuman va Orol dengizi tarixi bilan bog‘liq eksponatlar nuroniylarda katta taassurot qoldirdi.
– Mo‘ynoqqa kelmaganimga ham ancha vaqt bo‘lgan ekan, – deydi nuroniy Baxtiyar ota Qao‘dao‘liyev. – Bu yerdagi o‘zgarishlarni oldin faqat televideniye orqali tomosha qilar edik, mana endi o‘zimiz ko‘rib guvohi bo‘layapmiz. Bu tadbir bizga juda ma’qul bo‘ldi.
Sayohat davomida nuroniylarning ko‘ngillari shod bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA