Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tmoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Davlat rahbari 2021 yil fevral oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Davron Hidoyatov nomzodini Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Hidoyatov Davron Abdupattaxovich 1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

D.Hidoyatov mehnat faoliyatini 1996-1998 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bosh amaliyot bo‘limi birinchi toifali mutaxassisi sifatida boshlagan.

2017-2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi bo‘lib ishlagan. 2018-2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Davron Hidoyatov Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Ayni paytda Prezident viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallabay tizimda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash vazifalari bo‘yicha ma’ruza qilmoqda.

O‘zA