Guliston shahri 5-mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning birida o‘z uyida qulflanib qolgan bolakay yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarib olindi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Guliston shahar 5-mavze ko‘p qavatli 64-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Tursunqulova tomonidan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga 2012 yilda tug‘ilgan farzandi D.Yoqubjonov o‘z uyida yolg‘iz holda qulflanib qolganligi  to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu xabarga asosan yong‘in-qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, maxsus moslamalar yordamida xonadon derazalaridan ichkariga kirdi va qulflanib qolgan eshikni ochib, 8 yoshli bolani onasiga sog‘-salomat topshirdi.

 

A.QAYUMOV, O‘zA