Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  0-2 daraja sovuq, kunduzi   11-13 daraja  iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va  Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.  Sharqdan sekundiga  7-12  metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi  0-5 daraja sovuq,  kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.  Sharqdan sekundiga  7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq,  kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.  Sharqdan sekundiga  7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5  daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va  Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga  7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2  daraja sovuq, 3 daraja iliq,  kunduzi   10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona  viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.  Sharqdan sekundiga  5-10  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5  daraja sovuq, kunduzi   3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.  Qor  ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga  7-12  metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.