Bugun Xitoy milliy sog‘liqni saqlash idorasi mamlakatda koronavirus kasalligi bilan bog‘liq kunlik ko‘rsatkich so‘nggi besh oy davomida eng yuqori nuqtaga yetganini ma’lum qildi.
Ayniqsa, Xebey provinsiyasida yangi yuqumli kasallik ko‘payishi davom etmoqda.
Dushanba kuni shimoliy-sharqiy Xeylunszyan provinsiyasi ham yangi koronavirus infeksiyasi haqida xabar bergach, hududda qat’iy karantin joriy qilingan, deya xabar beradi davlat televideniyesi.
Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi (NKK) bayonotiga ko‘ra, kecha mamlakatda qayd etilgan salbiy holatning 98 foizi Xebey hududiga to‘g‘ri keldi. Liaoning provinsiyasi ham ikkita yangi holat haqida xabar bergan, Pekinda esa bir odam virus yuqtirib olgan. Mamlakatda, shuningdek, xorijdan kelganlarning 18 tasida yuqumli kasalliklar kuzatildi.
COVID-19 kasalligining umumiy soni 103 tani tashkil etdi, bu 30 iyulda 127 holat qayd qilinganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
So‘nggi kunlarda qayd etilayotgan yangi holatlar 2020 yil boshida avj olgan ko‘rsatkichdan ancha kam bo‘lsa-da, rasmiylar kasallik tarqalishini oldini olish va boshqa yuqumli viruslarni bartaraf etish uchun jiddiy harakat qilishmoqda.
Hisobotda aytilishicha, uch kunda bir marta uydan zarur narsalarni sotib olish uchun har xonadondan bir odam uyini tark etishi mumkin.
Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni hozir 87536 kishini tashkil qilmoqda. Vafot etganlar miqdori esa o‘zgarishsiz – 4634 nafar.