Ijtimoiy tarmoqlarda «Nukus shahridagi maktab o‘qituvchilari yo‘llarda majburiy tarzda navbatchilik qilmoqda. Navbatchi o‘qituvchilarni avtomashinalar yengil turtib ketgan, shifoxonaga tushgan holatlar ham bo‘lgan. Ba’zi transport boshqaruvchilari navbatchi o‘qituvchilariga bo‘hton yog‘dirib, kalaka qilib o‘tadi. Yo‘llarda navbatchilik qilish YPXning vazifasi emasmi?» mazmunidagi video tarqalgan edi.

Mazkur holatga munosabat bildirgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, haqiqatdan ham maktablar qoshidagi yo‘llarda piyodalar o‘tadigan qismda YPX xodimlari xizmatga biriktirilgan. Ular asosan ertalabki va tushki paytlarda xizmatga turadi. Boshqa vaqtlarda esa maktab o‘qituvchilari navbatchilik qilishmoqda. Bu vazirlik hamda maktab direktorlarining taklifi asosida tashkil qilingan.

Navbatchilikki turadigan o‘qituvchilarga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida nur qaytaradigan jiletlar va bayroqchalar berilgan.

Ye.Qanoatov, O‘zA