Qoraqalpog‘istonning qator tumanlarida mahalla va mahalla raislariga zamonaviy smartfonlar hamda kompyuter to‘plamlari tarqatildi.

Masalan, Ellikqal’a tumanidagi 36 nafar ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi tomonidan mobil telefonlar sovg‘a qilingan bo‘lsa, Kegeyli tumani hokimligi tumandagi 14ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlariga zamonaviy kompyuter uskunalarini topshirdi.

Bo‘zatov tumanida olis qishloqlardan maktabga qatnaydigan 10 nafar o‘quvchiga velosiped sovg‘a qilindi.

Ye.Qanoatov, O‘zA