AQSH poytaxti Vashingtonda komendantlik soati joriy etildi.

Bu haqda shahar meri Myuriel Bauzer e’lon qilgan. Avvalroq saylov natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar natijalar rasman tasdiqlanishi kerak bo‘lgan fursatlarga yaqin vaqtda Kongress binosiga bostirib kirishgan.

Politsiya Kapitoliy tepaligini namoyishchilardan tozalashga muvaffaq bo‘lgan. Namoyishchilarning biri halok bo‘lgani aytilmoqda.

Namoyishlar paytida binoda bo‘lgan vitse-prezident Mayk Pens va vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Vashingtondagi harbiy bazaga evakuatsiya qilingan.

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlariga qilgan murojaatida namoyishchilarni parlament binosini tark etishga chaqirdi.

Trampning saylovdagi raqibi Jozef Bayden Kapitoliy tepaligida sodir bo‘lgan hodisani “isyon” deb atadi.

AQSH Kongressi Tramp impichmentiga nisbatan yangi jarayonning boshlanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.