O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaati davom etmoqda.

Kelgusi yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkazilib, byudjetdan qo‘shimcha 240 milliard so‘m ajratiladi

.«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi, ilk bor bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 200 nafar o‘g‘il-qizl jo‘natiladi.

Dotsent va professor ilmiy unvonlari, falfasa va fan doktori ilmiy darajalarini berish vakolati nufuzli oliygohlarning ilmiy kengashlariga o‘tkaziladi.

 

Nurillo NASRIEV, O‘zA