SHHTGA aʼzo davlatlar Bosh prokurorlarining majlisi

20-oktyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlarining oʻn sakkizinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev raislik qildi.
Tadbirda SHHTga aʼzo, kuzatuvchi hamda muloqot boʻyicha sherik davlatlar bosh prokurorlari, shuningdek, SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qoʻmitasi direktori Jumaxon Gʻiyosov, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi prezidenti Chxol-Kyu Xvan ishtirok etdi.
7.JPG
8.JPG
Majlisda qayd etilganidek, SHHT umumiy manfaatlarni himoya qilishning samarali tizimidir. Yaxshi qoʻshnichilik va doʻstlikni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda ushbu nufuzli tuzilma muhim rol oʻynamoqda.
Tashkil etilgandan buyon SHHT davlatlari oʻrtasida oʻzaro hurmat, tushunish, yuqori darajadagi ishonch va birgalikda qaror qabul qilish ruhi shakllandi. Jumladan, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda Tashkilotga aʼzo davlatlar birdamligi va oʻzaro qoʻllab-quvvatlashning yuqori darajasi – “Shanxay ruhi” yaqqol namoyon boʻldi.
SHHT Davlat rahbarlari kengashi sammitlarida jinoyatchilikka qarshi kurash, jumladan, Tashkilotga aʼzo, kuzatuvchi va muloqot boʻyicha sherik davlatlar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish orqali saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligi taʼkidlab kelingan.
9.JPG
9.JPG
Shu nuqtayi nazardan, mazkur anjumanda kuzatuvchi va muloqot boʻyicha sherik davlatlar Bosh prokuraturalari vakillari ishtirok etishi SHHT doirasida huquqiy sohada idoralararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.
Prokuratura organlari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik umumiy maqsadga erishish, yaʼni SHHT makonida qonun ustuvorligi va huquq-tartibotni taʼminlashning muhim omilidir.
Korrupsiyaga qarshi kurash doimiy ravishda dunyo hamjamiyati, xususan, SHHT davlatlari uchun ham dolzarb masala ekani inobatga olinib, tadbirda mazkur illatga qarshi kurash boʻyicha samarali mexanizmlar muhokama qilindi, ayni yoʻnalishda oʻzaro tajriba almashildi. Sohadagi mavjud muammolar konstruktiv ravishda muhokama qilinib, tegishli masalalar yechimi boʻyicha harakatlarni birlashtirishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlar belgilandi.
1.JPG
6.JPG
Majlis ishtirokchilari yakdillik bilan qayd etganidek, Bosh prokuraturalarning keng koʻlamli ishlar boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakati, tashabbuslari xalqaro maydonda SHHT obroʻsini, global mavqeini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Binobarin, mintaqaviy va global siyosatni shakllantirish mexanizmi sifatida dunyo aholisining yarmidan koʻpini birlashtirgan SHHTni Yevroosiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi oʻrni mustahkamlanib bormoqda. Majlis toʻliq oʻzaro anglashuv ruhida, doʻstona muhitda oʻtdi.
Yigʻilish yakuni boʻyicha imzolangan Bayonnomada kun tartibidagi asosiy masalalar boʻyicha hamda SHHTga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlarining oʻn toʻqqizinchi majlisini 2021-yil Hindiston Respublikasida oʻtkazish toʻgʻrisida tegishli qarorlar qabul qilindi.
5.JPG
2.JPG
Gʻayrat XONNAZAROV, Oqil GʻULOMOV (surat), OʻzA