“Bloomberg” agentligi Turkiya Isroil bilan har qanday savdo munosabatini to‘xtatgani haqida yozdi. Xabarda aytilishicha, eksport ham import ham taqiqlab qo‘yilgan.

Turkiya avvalroq Isroilga 54 turdagi mahsulot eksportini cheklagan edi. Shunga qaramay, Isroil hukumati G‘azo sektorida jangovar harakatni to‘xtatmadi.

Anqara qarorini eshitgach, Isroil TIV rahbari Isroil Kas Turkiyani amaldagi savdo shartnomasini buzganlikda ayblab, mamlakat muqobil yo‘llar qidirishini aytdi.

Aprel oyida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara Isroil bilan yuqori suratdagi savdo munosabatini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlagan.