Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshket shahri va viloyatlar, vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, birlashmalar, davlat va jamoat tashkilotlari orasidan eng munosiblarini saralang!
OʻzA — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi anʼanaviy “YIL TANLOVI”ni boshladi. Agentlik joriy 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari oʻrtasida anʼanaviy tanlovini eʼlon qilmoqda.
Tanlov ijtimoiy soʻrov hamda jurnalist va blogerlarning eʼtirofi asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar boʻyicha saralanadi. Joriy yildan boshlab tanlovdan “Eng namunali tuman” nominatsiyasi ham oʻrin oldi. Shuningdek, qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar ham joriy etiladi.
Kimlar qatnasha oladi?
Mazkur tanlovga ayni paytda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalqning kundalik turmushida koʻp bora duch keladigan, jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilayotgan tizimlar saralab olinadi.
1. Vazirlik, qoʻmita, uyushma va agentliklar
2. Jamoat tashkilotlari
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshket shahri va viloyatlar
4. Barcha viloyat va shahar tumanlari
Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?
OʻzA — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tanlov ishtirokchilari roʻyxati www.uza.uz sayti hamda agentlikning telegramm kanalida eʼlon qilib boriladi. Shuningdek, jamoatchilik tomonidan OʻzA telegram mesendjeridagi rasmiy kanali t.me/uza_uz da eʼlon qilingan roʻyxatda koʻrsatilgan tashkilotlarga ovoz beriladi.
Tanlov qanday oʻtadi?
Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi.
Jamoatchilik soʻrovnomasi hamda jurnalist va blogerlar tanlovi asosida
I bosqich:
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshket shahri va viloyatlarning barcha tumanlari oʻrtasida saralanib, har bir hududdan soʻrovnomada eng koʻp ovoz toʻplagan 2 ta tuman keyingi bosqichga chiqadi.
Bunda jamoatchilik soʻrovnomasi asosida toʻplagan ovozlar hamda har bir hududdan tanlab olingan jurnalist va blogerlarning “Eng yaxshi tuman” deb eʼtirof etgan tanlovi muhim oʻrin egallaydi.
II bosqich:
— Vazirlik, qoʻmita, uyushma, agentlik, jamoat tashkilotlari va banklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshket shahri va viloyatlar qatnashadi. Shuningdek, birinchi bosqichga chiqqan tumanlar ishtirok etadi.
Har bir yoʻnalish boʻyicha agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eng koʻp ovoz toʻplagan tashkilotlar uchinchi bosqichga oʻtadi.
III bosqich:
— Asosiy bosqich boʻlib birinchi va ikkinchi bosqich gʻoliblarining eng munosiblari kurashadi ular jurnalist va blogerlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida aniqlanadi.
Natijalar qachon eʼlon qilinadi?
Yangi yil arafasida eng kuchli oltita tizim, yaʼni bitta birinchi oʻrin, ikkita ikkinchi oʻrin, uchta uchinchi oʻrin, shuningdek, qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar gʻoliblari eʼlon qilinadi. Barcha sovrindorlar maxsus sertifikat, OʻzA ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
***
“YIL TANLOVI — 2020!”
2020-yilda qaysi hudud yoki qaysi davlat va jamoat tashkilotining faoliyati sizni qoniqtirdi?.
Sizning-cha, joriy 2020-yil faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida olib borgan davlat yoki jamoat tashkiloti qaysi?
Aholini tom maʼnoda rozi qilgan, xalqqa haqiqiy koʻmakchi boʻlgan tizim, deb qaysi tashkilotni eʼtirof etasiz?..
“Yil tanlovi”ni siz aniqlab bering?..
Ovoz bering va kuzatib boring!
“Yil tanlovi — 2020” tashkiliy qoʻmitasi — homiylik va hamkorlik qilish istagidagi tadbirkor ham tashkilotlarni taklif etadi.
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: uzauz@yandex.ru
Telefon: 71) 233-42-84, (71) 233-21-37