Joriy yilda Quvaytda oʻtishi rejalashtirilgan futzal boʻyicha Osiyo chempionati 2021-yilga qoldirildi.
Pandemiya sabab qoldirilgan mazkur musobaqa kelasi yilning qaysi muddatida oʻtkazilishi yaqin vaqtlarda eʼlon qilinadi.
Shuningdek, Xitoy Osiyo chempionati U-23 turniriga mezbonlik qilishdan bosh tortdi. Xitoyning bu qarorga kelishiga ham pandemiya sabab qilib koʻrsatilgan.
Endi OFK 23 yoshlilar oʻrtasida 2022 hamda 2024-yillarda oʻtkaziladigan musobaqaga mezbonlik qiladigan yangi mamlakatni izlaydi.
OʻzA