BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilish natijalariga koʻra, Togʻli Qorabogʻdagi ziddiyatli hududda olib borilayotgan keng miqyosli jangovar harakatlar boʻyicha oʻz xavotirini bayon etdi.
Yigʻilish yakuniga oid bayonotni Xavfsizlik kengashi raisi Abdu Abarri maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, kengash aʼzolari “kuch ishlatilishini keskin qoralab, qurbonlar berilgani boʻyicha taassuf bildirishdi”. “rosbalt.ru” xabarida aytilishicha, Xavfsizlik kengashi Armaniston va Ozarbayjonga murojaat qilib, ularni zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga va oldindan shartlarsiz muzokaralarga kirishishga chaqiradi.