O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya bugun Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy kengashining 76-majlisida ishtirok etadi.
Uchrashuvda MDH doirasida iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumladan, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilinadi.