Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi 2-musobaqasining g‘arbiy mintaqasida beshinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning “D” guruhida “Nasaf” klubi bugun soat 19:00 da Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida “Kuvayt SK” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvda «Nasaf» to‘liq qizil rangli sport formasida maydonga tushadi.
Shuningdek, bugun guruhdagi ikkinchi uchrashuvda “Al-Husayn“ – “Shabab Al-Ahli” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Bahs “AMMAN INTERNATIONAL” stadionida mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida: “D” guruhida “Al-Husayn“ 9, “Shabab Al-Ahli” esa 7 ochko bilan 1-2 o‘rinlardan joy olgan bo‘lsa, “Nasaf” 4 ochko jamg‘arib, uchinchi pog‘onada bormoqda. “Kuvayt SK” esa besh o‘yinda bor-yo‘g‘i 2 ochko to‘plab, so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA