Hindiston. Ayni payt Dehlidagi “Jamia Millia Islamia” universitetida Nelson Mandela nomidagi “Tinchlik va nizolarni bartaraf etish” markazi va Javoharla’l Neru universiteti Fors va Markaziy Osiyo ta’lim markazi hamkorligida uyushtirilgan madaniy tadbir boshlandi.
E’tiborli jihati, mazkur konferensiyada Hindiston poytaxtidagi elchixonamiz rahbariyati, respublikamiz delegatsiyasi a’zolari, shuningdek Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan ilmiy doira vakillari ham ishtirok etmoqda.
– Barchangizni ko‘rib turganimizdan xursandmiz, – dedi Javoharla’l Neru universiteti prorektori Mazhar Asif tadbirning ochilish marosimida. – Ta’kidlash joiz, Markaziy Osiyo mintaqasi va Hindiston o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va adabiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun bunday muloqotlar juda muhim.
O‘tkir Alimov, O‘zA
Dehli, Hindiston