Jurnalistlar uchun ijodiy tanlov: “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”

“COSCOM” uyali aloqa operatori (Ucell savdo belgisi) jurnalistlar uchun “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili ” mavzusida tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisidagi 5953-sonli Prezidentning farmonini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

TANLOV MAQSADI:

– 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da axborot texnologiyalari, shu jumladan uyali aloqani rivojlantirishdagi ijobiy oʻzgarishlar va tendensiyalar toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish;

– Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarining ijodiy va jamoat faoliyatini ragʻbatlantirish;

– Telekommunikatsiya sohasida yozuvchi jurnalist va blogerlarni qoʻllab quvvatlash.

TANLOVDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA MUDDATI:

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi elektron va nashriy ommaviy axborot vositalarining vakillari boʻlgan jurnalist va blogerlar, ish tajribasi, faoliyat sohasi va shaxsiy qarashlari, eʼtiqodi, individual sifatlari bilan bogʻliq boshqa sabablardan qatʼi nazar, shaxsiy bloglar va Internet resurslar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida: gazeta, jurnal, televideniye, radio, Internet nashrlar (Uz domeni) va shaxsiy bloglar, telegram kanallar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot agentliklarida 2020-yil 7 syentyabrdan 2020-yil 1-dekabrgacha eʼlon qilingan ishlar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinadi.

Tanlovga materiallar oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.

MATERIALLARGA TALABLAR:

Tanlovda qatnashayotgan materiallar sifatida:

– Internetda va/yoki bosma nashrda joylashtirilgan, audio va video formatda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan notijorat materiallar koʻrib chiqilishi mumkin.

Ushbu shartlarning talablariga javob bermaydigan materiallarni taqdim etgan shaxslar tanlov ishtirokchisi deb hisoblanmaydi.

Eʼlon qilingan materiallar oldin chop etilmagan va aniq misollarda raqamli oʻzgarishni koʻrsatishi maqsadga muvofiqdir:

– axborot texnologiyalari, uyali aloqani rivojlanishi tufayli sharoitlar ijobiy tomonga oʻzgargani boʻyicha tajriba;

– Internet tarmogʻidan foydalanishni kengaytirish namunalari, uyali aloqa tarmogʻini va boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish misollari.

– korxonalarda, oʻrta maktablarda va boshqa davlat muassasalarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun maxsus yaratilgan yoki yaratilayotgan sharoitlar;

– mamlakatimizda raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar;

– “COSCOM” MCHJ (Ucell savdo belgisi) faoliyati;

– dijitalizatsiyaning ijtimoiy ahamiyati va iqtisodiy hissasi.

KONKURSGA YOʻNALTIRALADIGAN ISHLARNING TARKIBI

Nomzodlarning taqdim qilayotgan ishlari va hujjatlari quyidagi talablar boʻyicha rasmiylashtiriladi:

– Yoʻnatirilayotgan hujjatlarga konkursda ishtirok etayotgan shaxs haqida qisqacha maʼlumot, u bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar (e-mail majburiy), telefon va qaysi OAV nomidan qatnashayotgani toʻgʻrisidagi axborotlardan tashkil topgan maxsus soʻrovnoma qoʻshiladi.

Soʻrovnomaga ilova qilinadigan materiallar quyidagi koʻrinishda taqdim qilinishi mumkin:

  • Nashriy OAV (gazeta, jurnallar).

– nashriy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan (350 ta soʻzdan kam boʻlmagan) ishlarning asli yoki yetarlicha sifatida skaner qilingan nusxasi (sahifa va sarlavhani koʻrsatgan tarzda) hamda maqola matnining elektron koʻrinishi.

  • Internet (saytlar, bloglar –.UZ domeni):

– Internet nashrlarda eʼlon qilingan(hajmi 350 ta soʻzdan kam boʻlmagan)ishlar matnning elektron nusxasi va Internetda materialning joylashgan manzili.

  • Televideniye, radio, vloglar (YouTube, Mover, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar):

–Televizion lavha (davomiyligi 3 minutdan kam boʻlmagan) –fayl va/ yoki elektron manzil, qaysi kun va vaqtda efirga uzatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birgalikda.

–Radioreportaj (davomiyligi 3 minutdan kam boʻlmagan) – fayl va/ yoki electron manzil, qaysi kun va vaqtda efirga uzatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birgalikda.

Konkursga taqdim qilingan materiallar egasiga qaytarilmaydi va taqriz qilinmaydi.

BAHOLANISH MASALALARI:

Barcha taqdim etilgan ishlarni mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati baholaydi.

Jamoatchilikda maʼruza koʻtargan va mavzuni ochishda oʻziga xos yondashuv bilan ajralib turgan materiallarga ustuvorlik beriladi.

YAKUNIY ISHLAR:

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” tanlovi gʻoliblari va laureatlari uchta nominatsiya boʻyicha aniqlanadi:

1. Internet va bosma ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, saytlar, bloglar – .UZ domeni).

  • Ikkita birinchi oʻrin – netbuk.
  • Toʻrtta ikkinchi oʻrin – smartfon.
  • Oltita uchinchi oʻrin – qattiq disk.
  • Beshta ragʻbatlantiruvchi mukofot – elektron soat
  • Beshta ragʻbatlantiruvchi mukofot – elektron soat

2. Televideniye va radio, vloglar (YouTube, Mover, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar)

  • Birinchi oʻrin – netbuk.
  • Ikkita ikkinchi oʻrin – smartfon.
  • Uchta uchinchi oʻrin – qattiq disk.

Tanlovning har bir ishtirokchisiga “COSCOM” MCHJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan esdalik diplom taqdim etiladi.

Sovrinlarni mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati taqdim etadi.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2020-yil 1-dekabr.

Natijalarni sarhisob qilish va eʼlon qilish 2020-yil 8-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida boʻlib oʻtadi.

Sovgʻalar va diplomlarni topshirish kuni qoʻshimcha ravishda 2020-yil dekabr oyida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish talablariga qarab individual ravishda eʼlon qilinadi.

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” tanlovi uchun ishlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi:

“COSCOM” MCHJ

100031, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri

V. Vohidov koʻchasi, 118-uy.

Tel .: +998931710051

Faks: +99878 1479803

Elektron pochta: Gulshan.Akobirova@ucell.com (“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”tanloviga, deb yozilsin)

Tanlovga ariza:

Ishtirokchining toʻliq ismi _________________________

Ishtirokchi toʻgʻrisida maʼlumot (shahri, yoshi, oʻqish (ish) joyi, ishtirokchi hamkorlik qiladigan OAV)

Ijodiy ishning nomi.

OʻzA