Ovulda 100 oʻringa moʻljallangan zamonaviy bogʻcha barpo etilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumanidagi “Qaraoy” ovul fuqarolar yigʻinida zamonaviy loyiha asosida maktabgacha taʼlim muassasasi barpo etilmoqda.

Xalq qabulxonasi tomonidan oʻtkazilgan ommaviy qabulda Muyten va Qipchoq ovullari aholisidan kelib tushgan murojaat asosida joriy yilning aprel oyidan mazkur bogʻcha qurilishi boshlangan. Ayni paytda bu yerda pardozlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Obyektni bunyod etish uchun davlat byudjetidan 3,1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

100 nafar bolajonni qamrab olishga moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkilotida sifatli taʼlim-tarbiya jarayoni uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

1 (2).JPG

4.JPG

 

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA