Qoraqalpogʻistonda jami 2 ming oʻrinli karantin zonalari barpo etilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, respublika hududida ushbu maqsadga xizmat qiluvchi jami 2 ming oʻrinli karantin zonalari barpo etilmoqda.
Nukus garnizonining 5 gektar maydonida qurilayotgan karantin zonasida 1000 oʻrinli konteynerlar joy oladi. Zona qoshida 100 nafar bemorni davolashga moʻljallangan klinika qurilishi ham boshlangan. Shuningdek, tumanlarda bemorlarga tashxis qoʻyish va davolash markazlari tashkil etiladi.
Nukus tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bazasida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash maqsadida tashkil etilayotgan 300 oʻrinli markaz ayni kunlarda foydalanishga topshirilish arafasida. Markazga zarur tibbiy uskuna va jihozlar keltirilgan hamda dori-darmonlarni saqlash uchun zaxira xonalari yaratilgan.
photo_2020-08-08_10-42-04.jpg
photo_2020-08-08_10-42-06.jpg

 

Maqsad HABIBULLAYEV(surat), OʻzA