Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» majmuasida ot sporti bo‘yicha «CS01*-W LONGINES FEI JUMPING NATIONS CUP EURASIAN LEAGUE» jamoaviy musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan chavandozlar ikki davradan iborat konkur yo‘nalishida bahslashdi. Jamoaviy bahsda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida A’zam Toliboyev, Oqil Sobirjonov, Abdurahmon Abdullayev, Dilshod Shokirov kabi tajribali sportchilar ishtirok etdi. Ushbu jamoamiz ilk davradan so‘ng, peshqadam bo‘lib oldi. Ikkinchi o‘rindan Qozog‘iston va Qirg‘iziston termalari joy olgan edi. Ammo ikkinchi davrada qozog‘istonlik chavandozlar qirg‘izistonlik raqiblarini ortda qoldirdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa ushbu bosqichda ham birinchi o‘rinni hech kimga bermadi.

Buning natijasida oltin medalni qo‘lga kiritgan chavandozlarimiz sharafiga madhiyamiz yangrab, Vatan bayrog‘i baland ko‘tarildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA