Bugun, Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogining yarim final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston – Eron, Tailand – Tojikiston terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Shuningdek, musobaqa doirasida joriy yilda mamlakatimizda o‘tadigan jahon chempionati uchun bir dona yo‘llanma uchun pley-off o‘yinlari tashkil etiladi. Unda Iroq – Afg‘oniston, Vetnam – Qirg‘iziston terma jamoalari kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv g‘oliblari 28-aprel kuni o‘zaro to‘qnashadi. Mazkur terma jamoalar o‘rtasidagi bahs g‘olibi jahon chempionatiga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, final bosqichiga chiqish uchun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Eron o‘rtasidagi o‘yin soat 19:00da «Bangkok Arena»da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA