Koronavirusga chalingan qoraqalpogʻistonlik 42 yoshli bemor vafot etdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) joriy yil 3-iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

 

O’zA